Yangi axborot texnologiyalar bo’limi

             YANGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI  BO’LIMINING

MAQSAD VA VAZIFALARI

 

  • Jahon axborot resurslari Yangi texnologiyalar bo’limi axborot resurs markazi tarkibiga kiradi.

  • Jahon axborot resurslari yangi texnologiyalar bo’limi axborot resurs markazi direktori tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko’rsatadi.

  • Bo’lim yangi axborot texnologiyalari asosida aholiga, bolalarga va maktab o’quvchilariga,ularning ilmiy, ma’rifiy, madaniy qiziqishlarini qondirish maqsadida xizmat qiladi.

  • O’quv uslubiy va boshqa axborotlarni to’plash, ishlov berish, sistematizatsiyalash va ularni o’quvchi, pedagog, kutubxonachi va bolalar o’qishiga rahbarlar ommasiga yetkazish.

  • Noan’anaviy axborot tashuvchilarning sistematik va maqsadli targ’ibotini amalga oshirish. (CD disk va boshqa tarqatuvchilardagi ma’rifiy materiallar, internetning jahon tarmog’i)

  • Maktab axborot resurs markazlarning informatizatsiyalash jarayoniga yordam ko’rsatish, mustaqil ravishda yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda axborot texnologiyalaridan foydalanishda ilg’or loyihalarni targ’ibot qilish va amalga oshirish.

  • Axborotga bo’lgan talablarni aniqlash va foydalanuvchilarning talablarini qondirish.

  • Foydalanuvchilarni tezkor ravishda axborot bilan ta’minlash.

  • Kitobxonlar shaxsiy talablarini inobatga olgan holda, pullik va pulsiz xizmat ko’rsatish huquqiga ega.