Kichik yoshdagi kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’limi

KICHIK YOSHDAGI KITOBXONLARGA XIZMAT KO’RSATISH

BO’LIMINING VAZIFALARI

 

 

Bo’limning asosiy maqsadi va vazifasi kichik yoshdagi kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilish kutubxonada bo’lgan noyob durdona asarlarni kitobxonlarga yetkazishdir. Kitobxonlarni har tomonlama yetuk inson qilib voyaga yetkazish, ularni kitobga mehr uyg’otish shu bo’limdan boshlanadi.

Kichik yoshdagi kitobxon bolalarga kutubxona xizmati ko’rsatish bo’limining kitob fondi 4272 ta nusxani tashkil etadi. Shundan 1972 ta o’zbekcha, 2000 ta ruscha shundan 300 ta lotin alifbosidagi adabiyotlar. Bu bo’lim maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilariga xizmat ko’rsatadi. Kichik yoshdagi kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’limida kitoblar alfabit bo’yicha joylashtirilgan. Yangi adabiyotlar doimiy ravishda ko’rgazmada, sharxlab turiladi. Bo’lim kitobxonlarga faqat kitob berish bilan cheklanmasdan doimiy ravishda turli mavzularda tadbirlar o’tkazib turadi.

Har bir ertak qaxramonlari bolalarni rostgo’ylikka, yaxshilikka va do’stlikka hamda dono bo’lishga chorlaydi. Bo’limda tashkil etilgan «KICHKINTOY» qo’g’irchok teatri 6 yildan buyon o’zining ertaksevar kitobxonlariga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

«Kichkintoy» qo’g’irchok teatri o’z ertaklarini bolalar bog’chalarida, maktablarda tugarak a’zolari va ARM xodimlari tomonidan namoyish etadi.