Elektron retro katalogin tashkil etish va saqlash bo’limi

ELEKTRON RETRO KATALOGIN TASHKIL ETISH VA SAQLASH

BO’LIMINING VAZIFALARI

 

Axborot-resurs markazida elektron retro katalog tashkil etish va saqlash mavjud bo’lib, bo’limning kitob fondi 21647 nusxani tashkil etadi. Kitobxonlarning yoshini hisobga olgan holda, kitob fondi KBK  jadvali asosida joylashtirilgan. ARMda o’tkaziladigan tadbirlarda bo’lim xodimlari ham faol qatnashadi.

Bo’lim xodimlari ARMning xizmat ko’rsatish bo’limlaridagi kitoblarni muntazam ravishda yangilab, to’ldirib boradi.

Bo’limlarning kitob zaxiralarini qanday saqlanayotganligini nazorat qiladi. Bo’limlar fondida yo’q bo’lgan nashrlarni ARMning ushbu bo’limi yetkazib beradi. Muntazam ravishda kitob fondini gigiyena qoidalari asosida saqlashga xarakat qiladi.

Bo’lim  xodimlari  tomonidan  Navoiy   shaxridagi   17-o’rta   ta’lim    maktab,   «Yulduzcha»   nomli   19-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, Navoiy «Madaniyat va san’at» kolleji, Mexribonlik uyi, Akademik litseylarga ko’chma kutubxonalar tashkil etilgan bo’lib xar 15 kunda yangi adabiyotlar bilan almashtirilib turiladi.

Bo’lim xodimlari shahar va tuman ARM xodimlariga ilmiy-amaliy yordam berib boradi.Elektron retro katalog tashkil etish va saqlash bo’limining ARMdagi asosiy ish faoliyati kitob jamg’armasini saqlash va undan unumli foydalanish.