Axborot kutubxona resurslarini jamlash va elektron kataloglashtirish bo’limi

AXBOROT KUTUBXONA RESURSLARINI JAMLASH VA ELEKTRON KATALOGLASHTIRISH  BO’LIMINING VAZIFALARI

 

Mazkur bo’limda kitob fondining tarkibini o’rganish masalalari ochiladi. Komplektlash yo’nalishi belgilab beriladi. Uning saqlanishiga doir tadbirlar mo’ljallanadi. Ma’lumotnoma izlash aparatini takominlashtirish yoritiladi. Axborot, ta’limiy, bo’sh vaqt, madaniy-marifiy tadbirlar ARM kitob fondining eng muxum muammolari hisoblanadi. Ushbu muammolarning bajarilishini ta’minlashga fondni shakinlashtirishning texnologik jarayonlari; komplektlash, hisob olish, hujjatlariga ishlov berish, fondni joylashtirish va joy-joyiga qo’yib chiqish, saqlanishi va undan foydalanishni tashkil etishga yordam beradi. Axborot kutubxona hujjatlarini jamlash va elektron kataloglashtirish bo’limi xodimlari o’z mustaqil ish uchastkalarni olib boradi. Ta’lim tizimidagi kutubxonalar fondiga adabiyotlarning kelib tushushini tahlil qilib beradi va tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish bo’yicha ishlarni boshqaradi; yetakchi uslubchi markazlar bilan birgalikda turli idora va tizim kutubxonalarining o’quvchi va o’qituvchilariga kutubxonachilik va axborot-bibliografik xizmat ko’rsatishni yaxshilash bo’yicha materiallar ishlab chiqishda ishtirok etadi. Bo’lim xodimlari o’z faoliyatida Prezident va xukumatning qaror va farmonlariga; xalq ta’limi va kutubxonachilik ishi bo’yicha yuqori tashkilotlarning boshqaruv materiallariga; respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi tomonidan tavsiya qilingan metodik qo’llanmalarga va boshqa materiallarga; mehnatni muxofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong’indan saqlash bo’yicha qoida va farmoishlarga amal qiladi.